Korxona haqida malumot

Главная Korxona haqida malumot

OOO «Real Tex Tashkent»


Korxona 2020-yil sentabrgacha “Kukcha tekstil” nomi ostida faoliyat olib bordi. 2020-yil oktabr oyidan boshlab yangi ta’sischilar “Real Tex Tashkent” MChJ yangi nomdagi korxonani ro‘yxatdan o‘tkazdilar. Ayni paytda korxona to‘liq modernizatsiya qilingan. Eng yangi yuqori unumdor uskunalar o’rnatildi. Yiliga 220 ming tonna ip-kalava, 13,5 million pogona metr yarm tayyor mato va 30 million pogona metrdan ortiq tayyor gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega. Toʻqimachilik matolarini ishlab chiqarishida Yaponiyaning “Toyota” kompaniyasining eng yangi dastgohlari oʻrnatilgan. Korxona eni 280 sm gacha bo’lgan satin, flanel, biyaz, sarja, poplin, strep satin kabi tayyor matolarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Kundalik mato ishlab chiqarish 10-12 ming pog’ona metrni tashkil qiladi. Korxonaning pardozlash va bo‘yash ishlab chiqarishi Turkiya, Italiya, Germaniya va Yaponiya kompaniyalarining eng zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Buyurtmalar bo’yicha to’qimachilik mahsulotlarini tikish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish mumkin.
Ayni paytda korxonada 1450 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda.