Respublika Prezidentining “Real Tex Tashkent” MChJga tashrifi

news image
15 May 2023

Respublika Prezidentining “Real Tex Tashkent” MChJga tashrifi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021-yilning 23-noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontoxur tumani bo‘ylab sayohati chog‘ida “Real Tex Tashkent” MChJga ham tashrif buyurdi. Yangi ishlab chiqarilayotgan matolarni pardozlash va bo‘yash bilan tanishdi. U korxonani rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar bilan qiziqdi.
Loyiha qiymati 50 million dollarlik korxona joriy yilning may oyida foydalanishga topshirildi. Zamonaviy dastgohlar o‘rnatilib, ip-kalava, gazlama va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, bo‘yash va naqsh solish yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan qisqa davrda 390 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 19 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Bunday tajriba dunyoning hech bir joyida yo’q. Bu vazifani bajarish uchun, avvalo, fidoyilik, xalqni sevish kerak. Mana shu ikki lavozimda ishlaydiganlar mahalladagi islohotlarning poydevoriga aylanadi. Ular tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi. Bu katta mas’uliyat va yuksak sharaf”, dedi Prezidentimiz.

Bu yerda, shuningdek, Toshkent shahri va poytaxt tumanlari hokimlari, sektor rahbarlari, mahallalar raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mahallalarda tumanlar hokimi o‘rinbosarlari va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari – yoshlar yetakchilari faoliyatini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Realtex